Zidan faoliyatini Osiyo terma jamoalarining birida davom ettirishi mumkin

Zinedin Zidanga yillik maoshi 50 million dollarlik ish taklif etishdi.
Misrlik taniqli biznesmen Nagib Saviris o‘zining «tvitter»ida yozishicha, Zidan faoliyatini Qatar terma jamoasida davom ettiradi. «Real»ning sobiq bosh murabbiyi qatarliklarni jahon chempionatiga tayyorlaydi. Nagibning aytishicha, Zidan yiliga 50 mln. yevro maoshga ega to‘rt yillik shartnomaga imzo chekadi:
Zidane joining qatar to coach national team for World Cup 2022. 50mn à year over 4 years ...
— Naguib Sawiris (@NaguibSawiris) 31 maya 2018 g.
Money talks ?
«Zidan JCh-2022da Qatar terma jamoasini boshqaradi. 4 yillik shartnoma, yillik maosh — 50 million yevro. Pul hammasini hal qiladimi?»
Nagib Saviris – misrlik biznesmen. U 2012-yilda «Forbes» tuzgan reytingda Misrning eng boy kishilari ro‘yxatida 3,1 mlrd dollar bilan ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter