Zilzila haqida telefonga oldindan xabar keladigan qilsa bo‘ladimi?
So‘nggi kunlarda sodir bo‘lgan yer silkinishlaridan keyin ko‘pchilikning telefoniga zilzila haqida 1 daqiqa oldin ogohlantirish kelgani haqida xabarlar tarqaldi.
Gap shundaki, Google bir necha yil avval zilziladan ogohlantiruvchi funksiyani taqdim etgandi.
Dastlab, ushbu funksiyadan Yangi Zelandiya va Gretsiyada foydalanish mumkin bo‘lgan, ammo keyinchalik yuqori seysmik faollikka ega mamlakatlar ro‘yxati kengaytirilgan. Ular qatoriga O‘zbekiston, Filippin, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston,Turkmaniston va Turkiya ham kiritilgan.
Tizim zilzilani oddiy zarbadan osongina ajrata oladi. Shuningdek, bir nechta smartfonlardan ma’lumotlarni to‘plash orqali tizim zilzila epitsentri va zilzila kuchini aniqlay oladi.
Bu funksiyani 100 foiz aniq deb bo‘lmaydi, lekin, aksariyat hollarda ishonchli ma’lumotlar yuboriladi. Telefoningizga oldindan zilzila haqida ogohlantirish keladigan funksiyani yoqish uchun quyidagilarni amalga oshiring.
Android telefonlarda:
- «Sozlama»ni oching
- «Xavfsizlik va favqulodda vaziyatlar»ni tanlang (bo‘lmasa «Kengaytirilgan joylashuv»)
- «Zilziladan ogohlantirishlar»ni tanlang va uchirilgan bo‘lsa «Yoqish»ni bosing.
Xaomi telefonlarda:
- «Sozlama»ni oching
- «Joylashuv»ni tanlang
- «Zilziladan ogohlantirishlar»ni tanlang, uchirilgan bo‘lsa «Yoqish»ni bosing.
E’tibor bering: ogohlantirish kelishi uchun telefoningizda internet yoki «lokatsiya» tizimi yoniq turgan bo‘lishi lozim.
iOS telefonlarda:
Bugungi kunda iPhone telefonlarda favqulodda vaziyatlar haqida ogohlantirish tizimi O‘zbekistonda ishlamaydi, shuning uchun qo‘shimcha dastur o‘rnatish lozim.
Buning uchun LastQuake bepul va Earthquake pullik dasturlarini o‘rnatib olishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter