Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Zomin qozon patiri» ham geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tdi

«Zomin qozon patiri» ham geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tdi

Adliya vazirligi «Zomin qozon patiri»ni geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Zomin qozon patiri – Jizzax viloyatining Zomin tumanida qadimdan tayyorlanadigan non mahsuloti bo‘lib, alohida qorilgan xamir, mahalliy sut va sariyog‘ bilan qozonda pishiriladi. U o‘zining noyob ta’mi va sifat xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Endi «Zomin qozon patiri» O‘zbekiston davlat reyestrida 20-geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, uning nomi, sifati va kelib chiqish manbai qonuniy himoyaga ega bo‘ladi.

Bu hududiy brendni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va iste’molchilarga sifatli, original mahsulotni taqdim etishga xizmat qiladi. 

Ma’lumot uchun, geografik ko‘rsatkich – bu mahsulotning ma’lum hududga xosligini va sifatini huquqiy jihatdan himoya qiluvchi belgi bo‘lib, u mahsulotning kelib chiqish joyini, an’anaviy retseptini va o‘ziga xos xususiyatlarini davlat darajasida kafolatlaydi.

 

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring