Zo‘ravonlik aks etgan videoga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘chada bir yigit boshqa bir kishining yuziga qattiq musht tushirib, hushidan ketkazgani videosi tarqaldi.
Toshkent viloyati IIBBning aniqlik kiritishicha, videodagi holat joriy yilning 7 noyabr kuni Yuqori Chirchiq tumani Yangi bozor hududida joylashgan fastfud savdo shoxobchasida ikki fuqaro gap talashishi natijasida sodir bo‘lgan.
Janjaldan so‘ng ular o‘zaro gaplashib olish maqsadida shoxobcha tashqarisiga chiqqan vaqtda 21 yoshli A.Q. 26 yoshli B.T.ning yuz qismiga musht tushirgan va fuqaro hushini yo‘qotgan (mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgan).
Shundan so‘ng unga birinchi yordam ko‘rsatilib o‘ziga keltirilgan va IIBga murojaat yoki xabar berilmagan.
Hozirda holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Fuqaroning tan jarohati yuzasidan ekspertiza tayinlangan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 26 yoshli B.T. shu kuni mastlik holatida bo‘lgan va u shoxobcha ichida o‘zi bilan janjallashgan shaxsni hamda boshqalarni turli so‘zlar bilan haqoratlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter