Qaysi viloyatlarda zo‘ravonlik ko‘p uchramoqda?
Pandemiya sabab butun dunyoda zo‘rovonlik va tazyiq holatlari oshib ketish holatlari kuzatilmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonda ham.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan 2020-yilda respublika bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazish holatlariga duch kelgan jami 14 774 nafar shaxsga himoya orderi rasmiylashtirib berilgan.
Himoya orderining 10 785 tasi eri tomonidan xotiniga, 617 tasi qaynonasi tomonidan keliniga, 367 tasi kelini tomonidan qaynonasiga hamda 3 005 tasi boshqalarga rasmiylashtirilgan.
Sodir etilgan tahdidlarning 6 836 tasini jismoniy, 6 281 tasini ruhiy, 121 tasini iqtisodiy, 56 tasini jinsiy zo‘ravonlik hamda 1 480 tasini tazyiq o‘tkazish turlari tashkil etgan.
Zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazish holatlari yuzasidan eng ko‘p himoya orderi Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Farg‘ona viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida berilgan. Eng kam ko‘rsatkichlar esa Sirdaryo, Surxondaryo hamda Navoiy viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter