Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Akmal Burxonovning maqomi vazirga tenglashtiriladi

Akmal Burxonovning maqomi vazirga tenglashtiriladi

Akmal Burxonov. Arxiv foto.

Foto: «TheMag.uz»

«Yuksalish» umummilliy harakati – nodavlat notijorat tashkiloti va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, davlat boshqaruv organlari, hokimliklar o‘z faoliyatini «Yuksalish» harakatining mustaqilligi va uning faoliyatiga aralashmaslik prinsiplariga qat’iy rioya qilgan holda hamkorlikda amalga oshiradi.

«Yuksalish» harakati raisi maqomi, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlariga ko‘ra vazirga tenglashtiriladi.

«Yuksalish» harakatining hududiy bo‘linmalarini zarur texnika bilan ta’minlash mahalliy budjetlar hisobidan amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Yuksalish» umummilliy harakati – nodavlat notijorat tashkiloti hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy bo‘linmalarini tashkil etilib, uning raisligiga «Taraqqiyot strategiyasi» markazining sobiq direktori Akmal Burxonov saylangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring