Akmal Jumaboyev Yakkasaroy tumani hokimi etib tayinlandi
Akmal Murodovich Jumaboyev Yakkasaroy tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Akmal Jumaboyev 1987-yil Toshkent viloyati Parkent tumanida tug‘ilgan.
Ma’lumoti oliy. 2011-yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar institutini, 2013-yilda esa mazkur institut magistraturasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida yoshlar tashkilotlari va davlat boshqaruvi tizimida qator mas’ul lavozimlarda ishlagan.
2021-yildan shu kunga qadar Sergeli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, tumanning avvalgi rahbari Nilufar Allaberganova Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari etib tayinlangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter