AQSh 13 nafar rossiyalikni saylovga aralashishda aybladi

AQSh maxsus prokurori Robert Myuller boshchiligidagi xavfsizlik xodimlari Rossiyaning 13 fuqarosini 2016-yili AQShda bo‘lib o‘tgan prezidentlik sayloviga aralashishda ayblab chiqdi.
AQSh adliya vazirligi e’lon qilgan hujjatda restorator Yevgeniy Prigojin va uchta yirik kompaniya, jumladan Rossiya internet tadqiqotlari agentligi ham bor.
«Rossiyaga qarashli Internet tadqiqotlari agentligining maqsadi mamlakatimizda kechadigan saylov jarayonlariga ta’sir etish bo‘lgan», — deyilgan ayblov matnida.
Rossiya shu vaqtgacha Vashington tomonidan qo‘yilgan saylovga aralashuv haqidagi ayblovlarni rad qilib kelgan.
AQSh tomoni prezident Donald Trampning saylovoldi nutqlarida Rossiya va Vladimir Putin haqida iliq fikrlar bildirilgani va boshqa sabablardan kelib chiqib, ruslar saylovga aralashganini ta’kidlab keladi. Ammo Trampning o‘zi ham buni qat’iyan rad etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter