AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Rasmiy Vashington Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana kengaytirdi. Bu haqida AQSh moliya vazirligi rasmiy saytida e’lon qilingan ro‘yxatga asoslanib «RIA Novosti» xabar berdi.
Sanksiya ro‘yxatidan AQShdagi 2016-yilgi prezident sayloviga aralashishda ayblanayotgan 13 kishi va uchta kompaniya joy olgan. Ularning AQShdagi aktivlari muzlatiladi, fuqarolarga esa ular bilan har qanday shaklda hamkorlik qilish taqiqlanadi.
Ta’kidlash joizki, rasmiy Kreml o‘ziga qo‘yilayotgan ayblarni bir necha marta rad etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter