Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bangladesh tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bangladesh tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi xalqaro konferensiya doirasida Bangladesh Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abul Kalom Abdul Mo‘minni qabul qildi.

Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Tashqi ishlar vaziri Bangladesh Prezidenti Abdul Hamid va Bosh vaziri Shayx Hasina Vazedning samimiy salomini yetkazdi.

O‘zbekiston Prezidentining Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari bog‘liqligini rivojlantirish borasidagi tashabbusi har tomonlama qo‘llab-quvvatlandi.

Almashinuvlarni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surish orqali amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring