Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bishkekda Shavkat Mirziyoyev taklifiga muvofiq muhim hujjatlar qabul qilindi (foto)

Bishkekda Shavkat Mirziyoyev taklifiga muvofiq muhim hujjatlar qabul qilindi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisidan so‘ng hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bishkek deklaratsiyasi qabul qilindi. A’zo mamlakatlar o‘rtasida turli sohalardagi sheriklikni rivojlantirish, ShHTning boshqa xalqaro tuzilmalar bilan hamkorligiga doir 22 ta hujjat imzolandi.

O‘zbekiston Prezidentining taklifiga muvofiq ShHTga a’zo mamlakatlarning raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorligi konsepsiyasi hamda Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish dasturi qabul qilindi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga 2019-2020 yillar davrida raislik Rossiya Federatsiyasiga o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring