Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT Shavkat Mirziyoyevning tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

BMT Shavkat Mirziyoyevning tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning navbatdagi muhim tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashkilotga a’zo barcha davlatlar O‘zbekiston tomonidan 40 ta mamlakat hammuallifligida ishlab chiqilgan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi maxsus rezolyusiyani bir ovozdan ma’qulladi.

Ushbu rezolyusiyani ishlab chiqish va unda ikki mintaqa muloqotining umumiy yondashuvlari, asosiy prinsiplari va yo‘nalishlarini mustahkamlab qo‘yish tashabbusi davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yil iyul oyida o‘tkazilgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi Toshkent konferensiyasida ilgari surilgan edi.

Shuningdek, hujjatda Prezidentimizning 2022-yilni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida «O‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash yili» deb e’lon qilish taklifi yuqori baholangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring