Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir Gruziyada bo‘ldi

Bosh vazir Gruziyada bo‘ldi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Tbilisiga rasmiy tashrif bilan borib, Gruziya hukumati rahbari Irakliy Garibashvili bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida o‘zaro hurmat va hamkorlik tamoyillariga asoslangan turli sohalardagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Irakliy Garibashvili 2021-2022-yillarda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida ikki tomonlama tovar ayirboshlashda sezilarli o‘sish kuzatilganini, Gruziya O‘zbekiston Respublikasini muhim hamkor deb bilishini, investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha hamkorlikdan manfaatdor ekanligini hamda o‘zbek investorlarni Gruziyada kutib olishdan mamnun ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida Bosh Vazirlar Gruziyaning tranzit salohiyati va o‘rta koridorni rivojlantirishning ahamiyatini muhokama qildilar.

Tashrif yakunida tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2023−2024 yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturini imzoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring