Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda

10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda o‘z missiyasini yakunlayotgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Allanni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Buyuk Britaniya munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi va joriy yilda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
10-11-iyul kunlari London shahrida o‘tkaziladigan OAV erkinligi bo‘yicha Global konferensiyada O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv so‘ngida Vazir Kristofer Allanga uning elchi sifatidagi sa’y-harakatlari va sermahsul faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi.
Elchi o‘z navbatida O‘zbekiston va TIV rahbariyatiga o‘zining Buyuk Britaniya diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidaga vazifalarini samarali bajarishida ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorchilik izhor etdi, deyiladi xabar yakunida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter