Davlatimiz rahbari Yaponiya poytaxtiga yetib bordi

«Xaneda» xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi prezidentini Yaponiya ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar, ta’lim tizimini tiklash masalalari vaziri Xagiuda Koichi, Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Xideki Uyama va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun Tokioda Yaponiya Bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Taro Aso, Yaponiya parlamentining O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi faollari hamda Yaponiyaning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter