Davlatimiz rahbarini Qozog‘iston prezidenti kutib oldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Olmaota shahriga bordi.
Davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev kutib oldi. O‘zbekiston yetakchisi sharafiga faxriy qorovul saflandi va ikki mamlakat bayroqlari ko‘tarildi.
Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari norasmiy uchrashuv o‘tkazadilar. Kun tartibidan savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, hududlar o‘rtasidagi faol aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari o‘rin olgan.
Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashadilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter