Deputatlarning vakolatlari kuchaytirilyapti
Xalq deputatlari Kengashlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini shakllantirish hamda ularning vakolatlarini kengaytirish va aniq belgilanadi. Bu haqda 2022 yilgi davlat dasturida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, 2022 yil maygacha tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarida ayrim deputatlarning doimiy asosda ishlash tartibi joriy etiladi.
Iyul oyigacha mahalliy kengashlar faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga qaratilgan «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari reglamenti to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqilishi kerak.
Sentyabrgacha esa mahalliy Kengashlarning nazorat funksiyalarini kengaytirish, ularni tizimlashtirish maqsadida «Xalq deputatlari Kengashlari nazorati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yilishi aytilgan.
Shuningdek, deputatlarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishdagi vakolatlari ham kengaytiriladi. Rejaga ko‘ra, 2022 yil maygacha quyidagi masalalarni hal qilish deputatlar vakolatiga o‘tkaziladi:
- ichimlik va oqova suv, ichki yo‘llar va boshqa infratuzilma ob’yektlarini qurish, bandlik dasturlarini tasdiqlash;
- hududlarda davlat ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash ob’yektlarini qurish va ta’mirlashga ajratiladigan mablag‘larni taqsimlash.
Hududlarni kompleks ijtimoiy rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish tizimini qayta ko‘rib chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter