Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi

Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi

Toshkentga tashrif bilan kelgan Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Devid Kemeron O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligining qator sohalardagi istiqbollari haqida o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.

«Mushtarak maqsadlarimiz sari bir qancha qadamlar tashlayapmiz. Kichik biznesni rivojlantirish uchun yangi investitsiya fondini tashkil etdik. Shuningdek, «yashil» texnologiyalar va mehnat migratsiyasi sohasida ham hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Bundan tashqari, O‘zbekistonda Britaniyaning 10 dan ortiq universitetlari faoliyat yuritmoqda. Biz esa O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan bu ko‘rsatkichni qanday oshirish mumkinligi haqida suhbatlashdik. Shubhasiz, ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish, savdo, biznesni kengaytirish va «yashil» texnologiyalarni joriy etish bizning manfaatlarimizga mos keladi», deydi Devid Kemeron.

Vazir O‘zbekistonga nima maqsadda kelgani haqida ham fikr bildirgan.

«O‘zbekiston o‘z yo‘li va taraqqiyotini belgilab olgan. Bugun biz bu yerda ta’lim, biznes va savdo sohalaridagi hamkorligimizni yanada rivojlantish va bir qator masalalarda birgalikda qanday ishlarni amalga oshirishimiz mumkinligi haqida fikr almashish uchun yig‘ildik», deydi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring