Emomali Rahmon: «Biz hech qachon qo‘shnilarimizni suvsiz qoldirmaymiz»

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida turli sohalarda bitim va shartnomalarni imzolash marosimi yakunlangach, ikki davlat rahbarlari ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun tashkil etilgan brifingda bayonot berishdi.
«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, Zarafshon daryosining Tojikiston qismida ikkita gidro elektr stansiyasi qurish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Bu ob’yektlar ikki davlat kompaniyalari tomonidan qurilishi mumkin.
Shuningdek, Tojikistonning Sarez ko‘li ichimlik suvidan birgalikda foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
«Men ko‘p ko‘p bora ta’kidlaganman. Biz hech qachon qo‘shnilarimizni suvsiz qoldirmaymiz. Aksincha, bugungi muzokaralar davomida qo‘shnilarimizni ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida Sarez ko‘lining suvlaridan hamkorlikda foydalanish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdim», — deya ta’kidladi Emomali Rahmon.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter