Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya tashqi ishlar vaziri Rossiya va Yevropa o‘rtasida konstruktiv muloqot o‘rnatish tarafdori

Germaniya tashqi ishlar vaziri Rossiya va Yevropa o‘rtasida konstruktiv muloqot o‘rnatish tarafdori

Xayko Xaas — Germaniyaning yangi tayinlangan tashqi ishlar vaziri.

Foto: «Rp-online.de»

Germaniyaning yangi tayinlangan tashqi ishlar vaziri Xayko Xaas Rossiya hamda Yevropa o‘rtasida yanada ko‘proq konstruktiv muloqotlar o‘tkazilishini zarur deb hisoblaydi. Bu xususda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Rossiya Yevropaning eng yirik qo‘shnisi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Biz juda yuqori darajadagi muloqot kanallariga muhtojmiz. Bu ikki tarafni ham jiddiy harakat qilishga undaydi», — dedi Xaas Tashqi ishlar vazirligida qilgan chiqishida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring