Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon bankining bosh ijrochi direktori O‘zbekistonga keladi

Jahon bankining bosh ijrochi direktori O‘zbekistonga keladi

Kristalina Georgiyeva

Foto: «Nbj.ru»

Shu yilning 18-yanvar kuni Jahon bankining bosh ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berilgan.

Jahon banki delegatsiyasini Prezident Shavkat Mirziyoyev qabul qilishi kutilmoqda.

Tashrif dasturiga binoan O‘zbekiston va Jahon banki guruhi o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Hukumat va Oliy Majlis senatida uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring