Jo‘qorg‘i Kenges raisi Senat a’zoligiga saylandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Senat a’zoligiga saylandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Aytilishicha, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarining bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosini saylash bo‘yicha qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tgan.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib saylandi.
Eslatib o‘tamiz, A.Orinbayev avgust oyida Murat Kamalovning o‘rniga Jo‘qorg‘i Kenges raisi etib saylangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter