Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In Xalqaro olimpiya qo‘mitasi raisi bilan uchrashdi

Kim Chen In Xalqaro olimpiya qo‘mitasi raisi bilan uchrashdi

Foto: «RenTV»

Bugun, 31-mart kuni KXDR yetakchisi Kim Chen In va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi raisi Tomas Baxning shimoliy koreyalik sportchilarning olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki va KXDR olimpiya qo‘mitasining XOQ bilan hamkorligi yuzasidan uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv «do‘stona va iliq ruhda» o‘tgani ta’kidlanmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Kim Chen In va Tomas Bax birgalikda suratga tushib, so‘ngra futbol matchiga tashrif buyurishgan. XOQ raisi Pxenyanga 23-qishki olimpiya o‘yinlarining muvaffaqiyatli o‘tishiga hissa qo‘shgani uchun KXDR rahbariga minnatdorchilik bildirish uchun kelganini aytgan.

Bax, shuningdek, shimoliy koreyalik sportchilarning Tokioda bo‘lib o‘tadigan 2020-yilgi olimpiada va Pekin-2022 qishki olimpiada o‘yinlariga tayyorgarligi yuzasidan XOQ va KXDR o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish niyatida ekanligini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring