Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi

Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi

Foto: «RIA NOVOSTI»

KXDR yetakchisi Kim Chen In Xitoyga ilk tashrifini amalga oshirdi. Bu haqda «Bloomberg» ma’lumotiga asoslanib, «RIA Novosti» xabar qilmoqda.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi tashrifining keyingi tafsilotlari, jumladan u Xitoyda kim bilan uchrashishi, tashrifning qancha muddat davom etishi xabar qilinmagan.

Shu o‘rinda Yaponiyaning «Kiodo» agentligi Dandun chegara shahri orqali maxsus poyezd marshruti tashkil etilgani haqida ma’lumot bergan.

Avvalroq Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunindan jurnalistlar Dandun temiryo‘l vokzalida e’tiborga tushgan Shimoliy Koreya rasmiysi haqida  so‘rashganda, amaldor hech qanday ma’lumotga ega emasligini ma’lum qilgandi. U, shuningdek, ikki davlat rasmiy vakillari o‘rtasidagi aloqalarni ham izohlab o‘tmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring