Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Komil Allamjonov yangi lavozimga tayinlandi

Komil Allamjonov yangi lavozimga tayinlandi

Prezident sobiq matbuot kotibi Komil Allamjonov O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi  Bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi xabar bermoqda.

Allamjonov shu yilning oktyabr oyi boshida prezident matbuot xizmati rahbari lavozimidan olingandi. Shu vaqtga qadar uni qayerga ishga o‘tgani ma’lum qilinmagan.

Avvalroq, Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Laziz Tangriyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring