Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kun fotosi: Jo Bayden va Furqat Sidiqov

Kun fotosi: Jo Bayden va Furqat Sidiqov

Foto: Furqat Sidiqovning tvitter sahifasi

O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov ilk marta Oq uyga tashrif buyurgani va prezident Jo Baydenga ishonch yorlig‘ini topshirish marosimida qatnashgani haqida xabar qilgan edik.

Furqat Sidiqov prezident Jo Bayden bilan tushgan suratini e’lon qildi.

«Prezident Jo Bayden bilan uchrashish katta sharaf. Men xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, strategik sherikligimizni yanada mustahkamlashga harakat qilaman», deya qayd etdi Furqat Sidiqov o‘zining tvitterdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 3 mart kuni Oliy Majlis Senati tomonidan nomzodi ma’qullangan Furqat Sidiqov O‘zbekistonning AQShdagi elchisi sifatida ish boshlagandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring