Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kurdlar Turkiya harbiy patruli va jangarilar shtabiga hujum qildi

Kurdlar Turkiya harbiy patruli va jangarilar shtabiga hujum qildi

Foto: «pixabay.com»

Bugun, 29-mart kuni kurd jangarilari Suriya shimolida turk harbiy qismlari va Suriya ozodlik armiyasi jangarilariga hujum qildi. Bu haqda «Aif.ru» sayti xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Jinderes-Afrin shossesida turk harbiy patruli hujumga uchragan, natijada ikki askar halok bo‘lgan, olti nafari esa jarohatlangan.

Xuddi shunday hujum Suriya ozodlik armiyasi deb ataladigan muxolifat shtabiga ham amalga oshirilgan. Natijada yetti jangchi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 19-mart kuni Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on «Suriya shimolidagi amaliyotlar Manbij, Ayn al-Arab, Tell-Obod, Ras al-Ayn va Qamishlidan o‘tuvchi koridor tozalangunga qadar davom etadi», — deya bayonot bergandi.

Turkiyaning Suriyadagi harbiy amaliyotlari joriy yilning 20-yanvaridan boshlanib, Turkiya-Suriya chegarasi bo‘ylab xavfsiz hudud yaratish va Afrin tumanini kurd jangarilaridan tozalashni maqsad qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring