Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston qo‘shma mudofaa bitimini imzoladi

Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston qo‘shma mudofaa bitimini imzoladi

Foto: Anadolu Agency

Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston qo‘shma mudofaa to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu haqda bugun, 7-avgust kuni NTV telekanali xabar berdi.

«Bugun Jidda shahrida Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston rahbarlari Yaqin Sharqda davom etayotgan keskinlik fonida qo‘shma mudofaa bitimini imzolash uchun uchrashdi», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, mazkur qaror «tarixiy qadam» sifatida baholanmoqda va tomonlarning kelishuviga, jumladan, AQShning Eronga qarshi harbiy harakatlari ham sabab bo‘lgan.

Manbalardan biri ma’lum qilishicha, bitimga yangi ittifoq a’zolaridan biriga qilingan hujum barcha a’zolarga qarshi hujum sifatida baholanishi haqidagi modda kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring