Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

KXDRda AQSh elchixonasi ochiladimi?

KXDRda AQSh elchixonasi ochiladimi?

Foto: «RIA Novosti»

AQSh KXDR yadro dasturidan voz kechish bo‘yicha aniq qadamlar tashlasa, Pxenyanda elchixonasini ochish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Prezident Tramp ma’muriyati Shimoliy Koreya yadro dasturidan voz kechish bo‘yicha aniq choralar ko‘rsa, mazkur masalani muhokama qiladi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Kim Chen In AQSh va Janubiy Koreya rahbarlari bilan uchrashish istagida ekanligini xabar qilgan edik.

Shimoliy Koreya hukumati AQSh bilan kelishuvga erishish taklifini Kim Chen Inning bobosi, KXDRning birinchi rahbari Kim Ir Sen davridan beri bildirib keladi. Ammo AQSh bu taklifni har doim rad etgan, chunki uning ittifoqchisi sanalgan Janubiy Koreya qonunlari bo‘yicha KXDR davlat emas, «noqonuniy tashkilot» sifatida ko‘riladi.

Bill Klinton prezidentligi davrida KXDR va AQSh 1994-yilda Shimoliy Koreyaning yadro dasturini to‘xtatishi evaziga elchixona ochish masalasini ko‘rib chiqishgandi. Ammo prezidentlikka Jorj Bush kelgach, barcha rejalar chippakka chiqdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring