Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy saylov komissiyasida YXHT DIIHB delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Markaziy saylov komissiyasida YXHT DIIHB delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Foto: Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati

2018 yil 26 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirza-Ulug‘bek Abdusalomov Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) direktori Ingibyorg Solrun Gisladottir boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor, YXHT DIIHB direktorlar ofisining rahbari, elchi, katta siyosiy maslahatchi Greta Gunnarsdottir, shuningdek Markaziy saylov komissiyasi mas’ul xodimlari va YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisining vakillari ishtirok etdi.

Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu uchrashuv 2018 yilning 22-23 noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan «Butunjahon inson huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi yakunlari: zamonaviy tahdidlar va real voqelik» mavzusidagi Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi doirasida o‘tkazildi.

Uchrashuvda saylov to‘g‘risidagi milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, saylovlarni demokratik tamoyillar va xalqaro standartlarga muvofiq ochiq va erkin o‘tkazish maqsadida YXHT DIIHBning takliflari va tavsiyalari har tomonlama o‘rganilayotganligi hamda inobatga olinayotganligi ta’kidlandi. Bunga misol tariqasida saylov kodeksi loyihasi ishlab chiqilishi va uning YXHT DIIHBga o‘rganish uchun yuborilishini keltirish mumkin. Joriy yilning sentyabr oyida YXHT DIIHB va Venetsiya komissiyasi delegatsiyasi Saylov kodeksi loyihasi yuzasidan dastlabki tayyorlangan xulosalarini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan hamda keyinchalik uning muhokamasi Huquq orqali demokratiya uchun Yevropa Komissiyasi (Venetsiya komissiyasi)ning 116-yalpi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirokida bo‘lib o‘tgan.

Shuningdek, YXHT DIIHB, Venetsiya komissiyasi va saylov tizimi sohasidagi boshqa xalqaro institutlar ishtirokida Saylov kodeksi loyihasining ekspertlik muhokamasi 16-17 noyabr kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada o‘tkazildi.

Bevosita hamkorlik Markaziy saylov komissiyasi vakillarining Varshava (Polsha)da YXHT DIIHBning insoniylik mezonlari bo‘yicha yillik majlislaridagi ishtiroki doirasida ham amalga oshirilmoqda.

O‘z navbatida, YXHT DIIHB direktori mamlakatimizda saylov tizimini yanada takomillashtirish masalalari, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil dekabr oyida Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida Saylov kodeksi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarga berilayotgan e’tiborni yuqori baholadi.

Taraflar ikki tomonlama munosabatlarni davom ettirishga tayyor ekanligini ta’kidladilar va kelgusi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha fikr almashdilar, shuningdek Markaziy saylov komissiyasi va YXHT DIIHBning o‘zaro hamkorlik qilishining asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring