Mudofaa vazirligi vakili «Prelipin voqeasi» fonida bayonot berdi
O‘zbekiston mudofaa vazirligi rossiyalik Zaxar Prelipinning provokatsion bayonoti fonida eslatma bilan chiqdi.
Vazirlik matbuot kotibi Otabek Yuldashev o‘z Telegram-kanalida O‘zbekiston Konstitutsiyasining 153-moddasidan iqtibos keltirgan:
«O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya elchisi Oleg Malginov Prelipinning bayonoti sabab TIVga chaqirtirilgandi. Malginovning aytishicha, Prelipinning bayonoti Rossiya rasmiy pozitsiyasini anglatmaydi.
Rossiyalik siyosatchining O‘zbekistonni egallash haqida fikri keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter