Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nursulton Nazarboyev va Emomali Rahmon ham Toshkentda

Nursulton Nazarboyev va Emomali Rahmon ham Toshkentda

Foto: O‘zA

Qozog‘istonning birinchi prezidenti — Nursulton Nazarboyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi.

Oliy martabali mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Shundan so‘ng Nursulton Nazarboyev va Emomali Rahmon o‘zlari uchun ajratilgan qarorgohlarga yo‘l oldi.

Foto: O‘zA

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham Toshkentga yetib kelgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring