Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi kelishuvni O‘zbekiston olqishladi

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi kelishuvni O‘zbekiston olqishladi

Foto: Getty Images

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida imzolangan tinchlik kelishuvi yuzasidan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

«O‘zbekiston Respublikasi Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarida muhim natijaga erishilganini olqishlaydi.

Kuni kecha Vashingtonda tarixiy Qo‘shma deklaratsiyaning imzolanishiga Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi yetakchilarining kuchli siyosiy irodasi va qat’iyati, shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentining faol tinchlikparvar sa’y-harakatlari tufayli erishildi, deb hisoblaymiz.

Barcha tomonlarning ko‘p yillik mojaroni bartaraf etishga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz. Ishonchimiz komilki, Janubiy Kavkazda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikning imkon qadar tezroq o‘rnatilishi keng mintaqamizdagi barcha xalqlar manfaati uchun yirik transport va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishga zamin yaratadi», deyiladi unda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring