Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston — Afg‘onistonda ayollar huquqlarini ta’minlaydigan hukumat tuzilishi tarafdori

O‘zbekiston — Afg‘onistonda ayollar huquqlarini ta’minlaydigan hukumat tuzilishi tarafdori

O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston muvaqqat hukumati xalqaro hamjamiyatning asosiy talablarini bajarishi, xususan, ayollar va milliy ozchiliklar huquqlarini ta’minlashi, keng vakillikka asoslangan hukumat tuzishi muhimligini aytgan.

Kecha, 20 aprel kuni O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Yaponiya tashqi ishlar vazirligining Yaqin Sharq va Afrika departamenti bosh direktori Kansuke Nagaoka bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi Afg‘oniston yo‘nalishi bilan bog‘liq hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, xususan, ushbu mamlakatdagi mavjud vaziyatni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Yapon diplomati O‘zbekistonning afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatish va Afg‘onistonga iqtisodiy ko‘maklashish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholagan. K.Nagaoka O‘zbekiston va Yaponiyaning Afg‘oniston yangi hukumatiga nisbatan pozitsiyalari va yondashuvlari o‘xshashligini ta’kidlagan.

Shuningdek, Yaponiya tomoni «Markaziy Osiyo — Yaponiya» muloqot guruhi doirasida afg‘on muammosi bo‘yicha konstruktiv fikr almashishni taklif qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring