Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston elchisi Makronga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekiston elchisi Makronga ishonch yorliqlarini topshirdi

 O‘zbekistonning yangi elchisi Nodir G‘aniyev kecha Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirdi

Rasmiy marosim doirasida bo‘lib o‘tgan suhbatda Fransiya Prezidenti Toshkent va Parij o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar holati va istiqbolini yuksak baholagan. 

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron 2023 yil noyabr oyida Samarqandga buyurgan rasmiy tashrifini iliq taassurotlar bilan eslab, oliy darajadagi siyosiy muloqotni davom ettirish va O‘zbekiston bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish tarafdori ekanligini ta’kidladi.

Fransiya yetakchisiga O‘zbekiston elchisi bilan bir qatorda yana 20 ta xorijiy mamlakatlarning elchilari o‘z ishonch yorliqlarini topshirdilar.

Ma’lumot uchun, Nodir G‘aniyev 13 iyul kuni Parij shahriga O‘zbekistonning yangi elchisi sifatida yetib kelgandi. U shu kunga qadar O‘zbekistonning Shvetsiyadagi birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlagan.

Nodir G‘aniyev 53 yoshda. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini tamomlagan. 1994 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. U markaziy apparatda va mamlakatning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring