Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Isroilning hujumini keskin qoraladi

O‘zbekiston Isroilning hujumini keskin qoraladi

O‘zbekiston bir necha insonlarning qurbon bo‘lishi va Eronning Damashq (Suriya) shahridagi diplomatik missiyasi hududida vayronagarchiliklarga olib kelgan Eron konsulligi binosiga uyushtirilgan havo hujumini keskin qoralaydi.

«Xorijiy davlatlarning diplomatik va boshqa vakolatxonalariga hujum qilinishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat hamda xalqaro diplomatik huquq asoslari va tamoyillarini eng qo‘pol ravishda buzilishi deb hisoblaymiz», deyiladi O‘zbekiston TIV bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Isroil qiruvchi samolyotlari tomonidan Damashqdagi Eron konsulligi binosiga berilgan raketa zarbalari natijasida ikki nafar general hamda elchixonaning 5 nafar xodimi halok bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring