Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari o‘zaro savdoni ko‘paytirish, yetakchi korxonalarning sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, qo‘shma Loyihalar ofisi doirasida ustuvor tarmoqlardagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Shu ma’noda, «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro ko‘rgazmasi va O‘zbekiston-Rossiya hududlar forumini o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Ikki davlat yetakchilari madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalari yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring