Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Qandahordagi terrorchilik harakatini keskin qoraladi

O‘zbekiston Qandahordagi terrorchilik harakatini keskin qoraladi

O‘zbekiston 2021 yil 15 oktyabr kuni Qandahor viloyatidagi masjidda sodir etilgan hamda ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan navbatdagi terrorchilik harakatini keskin qoralaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

«Bunday g‘ayriinsoniy hujumlar vaziyatning yanada keskinlashuviga olib keladi va Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi.

Afg‘oniston hukumatining mamlakatda bu kabi hodisalarning oldini olish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish harakatlarini olqishlaymiz.

O‘zbekiston Hukumati halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy ta’ziya izhor etadi, shuningdek, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi», – deyiladi bugun e’lon qilingan bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hudkushlik qurbonlari soni 70 kishiga yetgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring