Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov/Telegram

O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirliklari yaqin hamkorlikni davom ettirishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov tomonidan qabul qilindi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida xabar berdi.

Saidov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlarini Sadir Japarovga yetkazdi.

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va qardoshlik munosabatlari misli ko‘rilmagan sur’atlar bilan rivojlanib, barqaror taraqqiyot uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratmoqda. Davlatlarimiz rahbarlarining tinimsiz sa’y-harakatlari tufayli, ikki mamlakat o‘rtasida hech qanday hal etilmagan masala qolmadi”, - deydi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri.
Qayd etilishicha, kun tartibi keng qamrovli bo‘lib, barcha yo‘nalishlarni qamrab oldi.

“Infratuzilmadan tortib gumanitar yo‘nalishgacha bo‘lgan barcha sohalardagi qo‘shma loyihalarimiz nafaqat ikki davlat manfaatlariga, balki butun mintaqa va undan kengroq hududlar taraqqiyotiga ham xizmat qilmoqda”, - deb yozdi Saidov.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirliklari barcha erishilgan kelishuvlarning to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash yo‘lida yaqin hamkorlikni davom ettirishi ta’kidlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring