Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi birinchi elchisi lavozimidan ozod etildi

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi birinchi elchisi lavozimidan ozod etildi

Oliy Majlisi Senati kengashining qarori bilan Nodir G‘aniyev  O‘zbekistonning Shvetsiyadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning Stokgolmdagi diplomatik vakolatxonasi 2022 yilda ochilgan va Nodir G‘aniyev O‘zbekistonning Shvetsiyadagi birinchi elchisi bo‘lgandi.

Nodir G‘aniyev Toshkent Davlat universitetining filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. 1994 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlab, markaziy apparatda va mamlakatning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlab kelgan.

Shvetsiyaga tayinlanishidan oldin u TIVning Yevropa davlatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi rahbari lavozimida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring