Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlari bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazadi

Prezident Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlari bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 31-mart kuni amaliy tashrif bilan Xo‘jand shahrida bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilarining qo‘shma uchrashuvi hamda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kun tartibidan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Tadbir yakunida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolash ko‘zda tutilgan.

Davlat rahbarlari san’at ustalarining qo‘shma konsertida ham ishtirok etadilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring