Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident YeXHT missiyasi rahbarini qabul qildi

Prezident YeXHT missiyasi rahbarini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YeXHT DIIHB) missiyasi rahbari Albert Yonsson bilan 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari YeXHT bilan sermahsul aloqalar, ochiq va konstruktiv muloqot yo‘lga qo‘yilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘tgan yilda O‘zbekistonga YeXHT raisi, Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau, tashkilot bosh kotibi Xelga Shmid, Milliy ozchiliklar masalalari bo‘yicha Oliy komissar Qayrat Abdurahmonov tashrif buyurganini ta’kidlash joiz.

Byuro ekspertlari mamlakatimiz milliy saylov tizimini modernizatsiya qilishda, shu jumladan Saylov kodeksini ishlab chiqishda ishtirok etgan.

DIIHBning 2016, 2019 va 2021-yillarda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan umumxalq saylovlaridagi keng ko‘lamli missiyalari yakunida berilgan tavsiyalar hisobga olingan va joriy qilingan.

Uchrashuv davomida referendumni yuksak xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etishning turli jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Missiya rahbari Albert Yonsson mamlakatimizning yangilangan Konstitutsiyasida o‘z aksini topgan Yangi O‘zbekistondagi demokratik yangilanishlarni yanada chuqurlashtirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring