Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident matbuot kotibi ishtirokidagi brifinglar qayta tiklandi

Prezident matbuot kotibi ishtirokidagi brifinglar qayta tiklandi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokidagi brifinglar qisqa tanaffusdan so‘ng qayta tiklandi. Muloqot vaqtida bir qator masalalar OAVga ma’lum qilindi.

Xususan, brifingda 18 iyul sanasida Shavkat Mirziyoyev rahbarligida aholiga bo‘lib berilgan ekin yerlari va tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yakunlariga urg‘u berildi.

«Bilasiz, hozir dunyoda bo‘layotgan voqealar sababli tovarlar yetkazib berish cheklanmoqda. Davlatimiz rahbari bu sharoitda eng to‘g‘ri yo‘l – ichki imkoniyatlardan to‘la foydalanish ekanini ko‘rsatib bergandi. Shuning uchun 80 ming gektar g‘alla va paxta maydonlari qisqartirilib, aholiga ekin ekish uchun berilgan edi. Prezidentimiz yil yakunigacha 20 ming gektar, kelgusi yilda yana 100 ming gektar yerni aholiga tarqatish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu xalqimiz rizq-ro‘zi uchun qancha mahsulot, qancha ish o‘rniga zamin bo‘ladi», — dedi Sherzod Asadov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring