Prezident missiyasini yakunlayotgan AQSh elchisini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-sentyabr kuni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Favqulodda va Muxtor elchisi Deniyel Rozenblyumni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari Deniyel Rozenblyumning O‘zbekiston-AQSh strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishdagi hissasini qayd etdi.
Keyingi yillarda konstruktiv siyosiy muloqot yo‘lga qo‘yildi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlik kengayib bormoqda. O‘zaro savdo hajmi oshmoqda, AQShning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida ikki tomonlama dasturlar joriy etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil avgust oyida qabul qilingan farmoniga muvofiq amerikalik diplomat mamlakatimizning yuksak davlat mukofoti – «Do‘stlik» ordeniga sazovor bo‘ldi.
AQSh elchisi uning faoliyatiga berilgan yuqori baho uchun samimiy minnatdorlik bildirib, bundan buyon ham mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning mustahkamlanishini faol qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter