Qirg‘iziston rahbari Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov Qozog‘istondagi fojia yuzasidan Shavkat Mirziyoyevga o‘z hamdardligini bildirdi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti axborot xizmati xabar berdi.
«Qirg‘iziston xalqi va shaxsan o‘z nomimdan Qozog‘istonnning Oqto‘ba viloyatida ro‘y bergan mudhish voqeada o‘zbekistonlik fuqarolarning halok bo‘lgani uchun chuqur hamdardlik bildiraman. Vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga ham ta’ziya izhor qilaman va jabrlanganlarga sog‘ayib ketishini chin dildan istayman, deyiladi Qirg‘iziston Prezidenti nomidan yo‘llangan maktubda.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 18-yanvar kuni Samara - Chimkent trassasida «Ikarus» rusumli avtobusning yonib ketishi natijasida 52 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter