Qozondagi talabalar nomzodlar bilan internetda tanishishganini bildirishdi

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligi uchun muddatidan oldin ovoz berish jarayoni davom etmoqda. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri Rossiyaning rasman uchinchi poytaxti deya e’tirof etilgan Qozon shahridan ma’lum qildi.
Bu yerda o‘zbekistonlik talabalar, vaqtincha mehnat bilan shug‘ullanayotganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ovoz berishga kelgan Jasur Jo‘raboyev va Tamanno O‘rozovalar Qozon xalqaro munosabatlar federal universitetida tahsil olishadi.
«Birinchi marta ovoz beryapmiz, nomzodlar bilan internet orqali tanishdik va biz yoshlarning kelajagiga berfarq bo‘lmagan partiya a’zolariga ovoz berdik. Umuman olganda, mamlakatimizda bo‘layotgan o‘zgarishlarga biz bilan birga tahsil olayotgan xorijlik yoshlarning qiziqishlari ham yuqori. Ular O‘zbekiston haqida ko‘p surishtirishadi, tariximiz, milliy urf-odatlarimiz haqida ko‘proq bilishni xohlashadi. Albatta, bular haqida gapirib berish biz uchun ham maroqli. O‘qishni tugatgach, yurtimizga qaytib, mamlakat rivojiga hissa qo‘shamiz», — deyishdi ular.
Kuni kecha, shuningdek, shahardagi «Metroelektrotrans», «ENKA» va «2-avtotransport» korxonalarida mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar uchun ham muddatidan oldin ovoz berish imkoniyati yaratildi. Bu haqda keyingi xabarlarimizda to‘xtalamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter