Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya hududiga kirish bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilinishi mumkin

Rossiya hududiga kirish bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilinishi mumkin

Foto: «Mfa.uz»

2021-yil 2-mart kuni Moskva shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida Vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya tomonini joriy yili Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif qilgan maktubini topshirdi.

Tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi O‘zbekiston — Rossiya munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.

Ilgari erishilgan kelishuvlarning ijro jarayoni hamda bo‘lajak oliy va yuqori darajalardagi tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Tomonlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida doimiy aviaqatnovlarni tiklash masalasini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishlari bilan bog‘liq cheklovlarni bekor qilish imkoniyati yuzasidan fikr almashdilar.

Vazirlar BMT, MDH, ShHT hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning turli jihatlari borasida ham so‘z yuritdilar.

Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, inklyuziv afg‘onlararo muzokaralarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va Afg‘oniston ishtirokida transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida Tashqi ishlar vazirlarining ommaviy axborot vositalari uchun brifingi o‘tkazilib, muzokaralarning natijalari e’lon qilindi va jurnalistlar savollariga javoblar berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring