Senat «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi

Senatning yalpi majlisida «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi, deya xabar bermoqda «Huquqiy axborot» kanali.
Qonunga muvofiq, shaxsga doir ma’lumotlar jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot hisoblanadi.
Qonun bilan Hukumat huzuridagi Davlat personallashtirish markazi shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter