Senatorlar 3 ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilishga rozilik berishdi

Senatorlar “Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti Ustavi va Tartib-qoidalarini (Istanbul, 1999-yil 7-noyabr, 2017-yil 7-may holatidagi o‘zgartirishlar bilan) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi, “Islom hamkorlik tashkiloti Ustaviga kiritilgan tuzatishni (Abidjan, 2017-yil 10-11-iyul) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi, “Parij bitimini (Parij, 2015-yil 12-dekabr) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni ko‘rib chiqdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, qonunlar senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘n oltinchi yalpi majlisining birinchi ish kuni yakunlandi. Senat o‘z ishini ertaga, 28-sentabr kuni davom ettiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter