Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev 8-9 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev 8-9 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo‘ladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan joriy yil 8-9 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar, Fransiya parlamenti rahbariyati, yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Oliy darajadagi O‘zbekiston –  Fransiya muzokaralari kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, turli tarmoqlarda investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari o‘rin olgan.

Uchrashuv va muzokaralar yakunida 10 dan ortiq hukumatlararo va idoralararo, jumladan, iqtisodiyot va moliya, transport, turizm, ekologiya, madaniyat va san’at sohalarida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar, tashqi siyosat mahkamalari  o‘rtasidagi hamkorlik dasturi va boshqa hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashadi. Unda O‘zbekiston va YuNESKO o‘rtasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama etiladi hamda 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma Harakatlar rejasi qabul qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring